Marazm

Marazm (Yun. marasmos — darmon- sizlik, so’nish) — odam ruhiy faoliyati- ning zaiflashib ketishi; shaxsning tu- banlashuvi b-n o’tadi. Akli zaiflikning eng og’ir ko’rinishlaridan biri. Bosh miya po’stlog’i atrofiyasi sabab bo’ladi. Umumiy darmonsizlik, bora-bora barcha hayotiy jarayonlarning so’nishi b-n kecha- Di. Bunda bemor atrof muhitdan butun- lay ajralib, o’zini eplay olmay, notavon bo’lib qoladi. Iste’mol qilib bo’ladigan narsani eb bo’lmaydigan narsadan Far- Klay olmaydi; ovqatlanish va jinsiy xirs saqlanib qoladi. Jismoniy zaif- lashib, o’rnida yotaveradi, yotoq yaralar, ichki a’zolarda distrofik o’zgarishlar ro’y beradi. Sababsiz yiglaydi yoki kula- Di. Keksalikdagi esi pastlikning so’nggi bosqichida, rivojlanuvchi falajla va Markaziy nerv sistemasinnng ba’zi ka- salliklarida uchraydi. Bemor yillab o’rnidan turolmay yotib qoladi, shuning uchun uni sabrtoqat b-n parvarish qilish lozim (q. Bemorni parvarish qilish).