Mardonqul Avliyoqul o’g’li

Mardonqul Avliyoqul o’g’li (1886-1966, Surxondaryo viloyati Sherobod tumani) — o’zbek xalq dostonchisi. Kolxozda brigada boshlig’i, qishloq kengashi raisi bo’lib ishlagan. Otasi mohir do’mbirachi bo’lgan. Ustozi Sherna Beknazar o’g’lidan 20 dan ortiq xalq dostonlarini o’rgangan va el orasida kuylab yurgan. Mardonqul Avliyoqul o’g’lidan «Alpomish», «Ollonazar Olchinbek», «Zayidqul», «Oltin qovoq» kabi dostonlar yozib olingan.