Margarit

Margarit (Yun. margarites — marvarid) — qatli silikatlar kenja sinfiga mansub mineral (murt slyu- dalar guruhidan), H2CaAl2Si2O|2. Qo’shimchalardan, kupincha, Na, Fe, Mg, ba’zan Be va Li. Monoklin singoni- yada kristallanadi. Ajralish shak- li — plastinkasimon va tangasimon agregatlar. Rangi marvaridsimon oq, sarg’imtir, pushti; kulrangsimon tov- lanadi. Yaltiroqligi sadafsimon. Qovushqoqligi bir yo’nalishli mukam- mal. Qattikligi 3,5—4,5; zichligi 3,0— 3,1 g/sm3. Mo’rt. Metamorfik slaneslar- da, kupincha, korund b-n birga hosil bu- ladi. Ilgari M. nisbatan kamyob mineral hisoblanar edi, keyinchalik oddiy jins xrsil qiluvchi mineral ekanligi ma’- lum buldi. O’zbekistonda kristalli sla- neslarda va najdak b-n birga uchraydi. Horijda Shveytsariya, Kanada, Gresiya, Qozog’iston (Semizbug’i), RF va b. mamla- katlarda bor.