«Mariner»

«Mariner» (ing. Mariner — den- gizchi) — Venera, Mars, Merkuriy say- yorasini va kosmik fazoni tadqiq qilish uchun 1962-75 y.larda uchirilgan Ame- Rika sayyoralararo avtomatik stantsiyala- ri seriyasi nomi; ularni ishlab chiqish va uchirish dasturi. «M.»lar xizmat asboblari b-n jihozlangan germetik bo’lma, Quyosh batareyalari paneli va aniq yo’naltirilgan parabolik antennadan iborat. 1962 y.da uchirilgan «M.-1» va «M.-2» hamda 1967 y.da uchirilgan «M.-5» Venerani tadqiq etgan, «M.-Z» va «M.-4» (1962), «M.-8» va «M.-9» (1974) esa Mars- ni tadqiq etgan. «M.-10» (1973) Venera va Merkuriyni tadqiq qildi. Veneradan 5770 km masofadan o’tayotib erga uning 3700 dan ortiq sifatli rasmlarini uzatgan. So’ngra geliosentrik orbitaga o’tib, Merkuriy b-n 3 marta yaqinlashdi va uning 50 m gacha joyini ajratib ko’ra oladigan 3000 ga yaqin rasmini oldi.