Mariylar

Mariylar (o’zlarini Mariy deb atashadi; eski nomlari — cheremislar) — Rossiyadagi xalq, (645 ming kishi). M. — Mariy elning tub aholisi (324 ming kishi). Boshqirdiston (100 ming- dan oshiq kishi), Tatariston (20 ming ga yaqin kishi), Udmurtiston (taxm. 10 ming kishi), Qozog’iston (12 ming kishi), Ukraina, O’zbekistonda ham yashaydilar. Umumiy soni 670 ming kishidan ortiq (1990-y.lar o’rtalari). Mariy tilida so’zlashadi. Dindorlari, asosan, pravo- slavlar. Sharqiy M.da, asosan, an’ana- viy diniy e’tikrdlar saqlangan. Mil. 1ming yillikda Volga-Vyatka daryolari oraligida yashagan fin-ugor qabilalari M.ning ajdodlaridir. 10-a. da xazar manbalarida M. cheremislar deb aytib o’tilgan. M. dehqonchilik, polizchi- lik, ovchilik, baliqchilik, chor-vachilik, hunarmandchilik b-n shug’ullanishadi.