Marjanishvili Konstantin (Kote) Aleksandrovich

Marjanishvili Konstantin (Kote) Aleksandrovich (1872.9.6 — 1933.17.4) — rej., gruzin teatri asoschilaridan. Gruziya xalqartisti (1931). Sahna faoliyatini 1893 y. aktyor sifatida boshlagan. 1897 y.dan rus te- atrlarida ishlagan. 1913 y. Moskvada «Erkin teatr» («go’zal Elena» spekta- klini qo’ygan), 1920 y. Petrogradda Ko- mik opera teatrini tashkil etgan. 1919 y. Kievda ham ishlagan (shaharning bar- cha teatrlariga komissar bo’lgan). 1922 y.dan gruzin teatrining etakchi arbo- blaridan, uning islohchisi. 1928 y. Ku- taisida dramatik teatr (hoz. Tbilisi- dagi Marjanishvili nomidagi teatr)ni tashkil etdi. «Ko’zibuloq», «Gruziyada quyosh tutilishi», «Hamlet», «Uriel Akosta», «don Karlos» kabi spektak- llari teatr ravnaqiga munosib hissa bo’lib qo’shildi. Fojiaviy, dramatik, komik, operetta, pantomimik kabi bir- biriga kontrast janrdagi spektakllar sahnalashtirib, muvaffaqiyat qozongan. 1924 y.dan Gruziya davlat kino sano- atida xam ishlagan. «O’gay ona Samanish- vili», «qonun va burch», «Gogi Ratiani», «So’na» kabi filmlarga rej.lik qilgan. M. ijodi Gruziya ki-nosining shaklla- nishiga va N. Shengelaya, M. Chiaureli kabi Gruziya kinosining yirik arbobla- ri ijodiga katta ta’sir etdi va ular M. rej.lik san’ati printsiplarini rivoj- lantirdilar.