Markaziy Amerika davlatlari tashkiloti

Markaziy Amerika davlatlari tashkiloti — xalqaro tashkilot, 1951 yil 14 oktabrda Gvatemala, salvador, Gonduras, Nikaragua, Kostarika davlatlari o’rtasida tuzilgan. Maqsadi — Markaziy Amerika davlatlarining iqtisodiy va siyosiy integrasiyasi; madaniy hamkorlik. Oliy organi — davlat boshliqlarining kengashi (muntazam o’tkazib turilmaydi), asosiy organi — tashqi ishlar vazirlari kengashi. Doimiy organi — Ijroiya kengashi (San-Salvadorda joylashgan).