MARKETING TIZIMI
MARKETING TIZIMI – bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha o’zaro uzluksiz aloqada bo’luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmuyi. Marketing tizimi o’z ichiga quyidagilarni oladi: ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma, vositachi firma, iste’molchi (bozor).