MARKSIZM
MARKSIZM — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy ta’limot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va boshqalar), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va boshqalar), fransuz hayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Fure va boshqalar) o’rganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qo’shimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm haqidagi soxta ta’limotni ishlab chiqdilar.