Marlo (Marlowe) Kristofer
Marlo (Marlowe) Kristofer (1564.6.11, Kenterberi – 1593.30.5, Dep- tford) — ingliz shoiri va dramaturgi. Diniy xizmatdan voz kechib, 1587 y.dan Londonda aktyorlar truppasida ishlagan, dramaturgiya b-n shug’ullangan. 2 qismli «Buyuk Temur» (1587-88) t-ragediyasida Amir Temur afsonaviy, romantic bo’yoqlarda tasvirlangan. Nemis xalq af- sonasi asosida yaratgan «doktor Faust- ning fojiali tarixi» (1592) pesasida qudratli insonning olam sirlarini bi- lishga intilishi, «Maltalik yahudiy» (1588), «Parijdagi qonxo’rlik» (1593) t-ragediyalarida mol-dunyo va hokimiyatga erishish yo’lida insoniylik qiyofasini yo’qotgan shaxslar fojiasi tasvirlan- gan. Shekspirning dastlabki («Genrix VI», «Tit Andronik») pesalari M. b-n hamkorlikda yozilgan, deb taxmin qilinadi. Tragediya janrini yangi bo- skichga ko’targan.