Marmarak
Marmarak (Solvia L.) — ko’p yil- lik o’tlar turkumi; gulzorlarda ekila- digan bir yillik manzarali o’simlik. M.ning yaltiroq M., Korolkov M.gi, xushbo’y M., xivicheimon M., cho’l M.gi (zig’irak) kabi 5 turi bor. Yaltiroq M. (S.splendens ver. Gawl.) — bir yillik o’t, bo’yi 50-80 sm, poyasi tik usadi. Bar- glari uchburchaklinashtarsimon. Gultoji 50-60 mm. Iyun — okt.oylarida gul- laydi, gullari sariq, 25-33 mm. Korol- kov M.gi (S.korolkovii Rgl. et Schmalh.) — ko’p yillik o’t. Bo’yi 24— 50 sm. Ildiz bo’g’izidagi barglar nashtarsimon, uchi o’tkir, dumaloq ponasimon, yashil tukli. Iyun—avg. oylarida gullab urug’laydi, gullari siyoh rang. Tog’li mintaqalarda o’sadi. O’zbekiston qizil kitobiga ki- ritilgan. Xushbo’y M. (S.sclarea L.) — ko’p yillik o’t. Bo’yi 50-100 sm. Poyasi tik usadi, tepa qismidan shoxlangan. Barglari yashil, ellipssimon-cho’ziq, Yi- rik burmali, iyun—avg. oylarida gul- lab urug’laydi. Tog’li mintaqalardagi bog’larda, tog’daralarida o’sadi. Efir moyli o’simlik hisoblanadi.