Tish milki yiringlab shishgan payti siz og’zingizni marmarak damlamasi bilan chayasiz. Marmarak, sirtdan qaraganda, oddiy o’simlikday tuyuladi. Uni dilkusho o’tlar orasidan ajratib olish ham qiyin emas. Binafsha gullar bilan qoplangan tik poyasi pastak o’tlar orasidan xuddi soqchilar minorasiday baland ajralib turadi. Marmarak guli shaklan ilonning ochilgan og’ziga o’xshaydi. Yuqori «labining» tagidan hatto «tili» chiqib turganday — ikkita cho’ziq gul changchisi ana shunday qiyofa kasb etadi. Gul ichidagi jimitday voronkasi tubida shirin nektari tomchisi yaltirab turadi. Mana shu nektari bilan marmarak o’ziga tukli arini chorlaydi. Tukli ari — zo’r shirintomoq, aynan u marmarakni changlatadi. Tukli ari nektar uchun gul ichiga kirishi bilan yuqori gultoji tagidan uzun oyoqli ikkita changchi otilib chiqadi va tukli ari yelkasiga tegib, gulchangi bilan burkab tashlaydi. So’ng tukli ari boshqa marmarakka uchib o’tadi, ichkariga kiradi va yelkasidagi gulchang to’gri urugchining og’ziga tushadi. Gulga aynan shu narsa kerak. Tukli ari o’zining xushta’m nonushtasini shu taxlit uzadi. Biroq qaysi bir o’simlikda changchini gulchang bilan turtib chiharadigan mexanizm bor? Ayon bo’lishicha, ular o’ziga xos pishang bilan harakatga kelar ekan. Marmarak guli urug’chisining o’zagidan ikkita uzun va qisha yelka chiqib turarkan. Uzun, obkashday egik yelkasi uchida g’ulchang qopchig’i osilib turarkan. Qisha yelkasi esa botiq bo’lib, u gul ichiga kirish yo’lini bekitarkan. Tukli ari tumshug’ini nektarga cho’zadi va muqarrar qisqa yelkani turtib yuboradi. Qisha yelka shu zahoti uzun yelkani harakatga keltiradi. Uzun yelka o’z navbatida, tukli ari yelkasiga o’z changdoni bilan uradi. Pishang ana shu taxlit harakatlanadi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
