Marodyorlik
Marodyorlik (Fransuzcha maraudeur — talonchi) — harbiy xizmatni o’tash tartibiga qarshi jinoyatlarning bir turi; halok bo’lganlarning yoki yaradorlarning buyumlarini egallash. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bo’yicha, bunday jinoyatni sodir etganlar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xalqaro huquqda Marodyorlik kengroq ma’noda qo’llaniladi (dushman hududi aholisini talash ham shunday jinoyat hisoblanadi) va unga xalqaro tusdagi harbiy jinoyat sifatida qaraladi.