Marshak Samuil Yakovlevich
Marshak Samuil Yakovlevich (1887.22.10, Voronej – 1964.4.7, Moskva) — rus shoiri, 20-a. rus bolalar adabiyoti asoschilaridan. M.ning «Jek qurgan uy», «Bolalar qafasda», «ahmoq sichqoncha haqida ertak» she’riy kitoblari 1923 y.da nashr qilingan. M. 1933 y.da «Mi- ster Tvister» hajviy pamfletini yarat- Di. «Noma’lum qahramon haqida hikoya» romantik dostoni (1938)da yangi davr qahramonlarining jasorati ifodalan- gan. «Harbiy pochta» (1944), «har xil rangli kitob» (1947), «yil bo’yi» (1948), «A dan ya gacha zavqli sayohat» (1953) she’- riy kitoblarida bolalarning o’ziga xos tabiati, adabiyot haqidagi falsafiy fikrlari o’z ifodasini topgan. Uning «Un ikki oy», «aqlli asar», «mushuk- voyning uyi» ertak-pesalari mashhur. M. «Hayot bo’sa-g’asida» avtobiografik qissasi (1960) va «tarbiyaviy so’zlar bilan» maqolalar to’plami (1961), «tan- langan she’rlar» (1962) asari mual- lifi. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: she’r va ertaklar, T., 1959; yong’in, T., 1959; Styopa amaki, T., 1960; ahmoq sichqoncha haqida ertak, T., 1961. Ad.: Smirnova V., S. Ya. Marshak, M., 1954; Galanov B. E., S.Ya.Marshak. Jizn i tvorchestvo, 4 izd., M., 1965; S ar no v B., Samuil Marshak (ocherki poezii), M., 1968.