Mashanko’l

Mashanko’l — Qoraqalpog’iston Respublikasining Qo’ng’irot tumanidagi ko’l. Qo’ng’irot shahridan 20 kilometr shimolda. Maydoni 10 km2 ga yaqin. G’arbdan sharqqa 4 kilometr, shimoldan Janubga 2 kilometr cho’zilgan. O’rtacha chuqurligi 2 metr, eng chuqur joyi 3 metr. Mashanko’l yosh ko’l. 20-asrning 2-yarmida Amudaryoning toshqin suvlaridan paydo bo’lgan. Suvi tiniq. Ko’l hududining 80% qamishzor. Turli baliq va ondatralar ovlanadi.