Mashrab

Mashrab (taxallusi; asl ism- sharifi Boborahim Mulla Vali o’g’li) (1640, Namangan — 1711, Balx) — shoir va mutafakkir. M. nomi 18-19-a. larda tuzilgan tazkira va tasavvu- fiy yo’nalishdagi asarlarda (mas, Bade Samarqandishshng «Muzokir ul-Ashob» va b.) zikr etiladi. Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida kel- tirilgan ma’lumotlar nixryatda kam. M.ning qoldirgan adabiy merosi xusu- sida ham aniq ma’lumot beruvchi manba yo’q. Uning o’z asarlarini to’plab, devon yoki biror majmua tuzganligi ma’lum emas. Faqat «Devoni Mashrab», «Devonai Mashrab», «Eshoni Mashrab», «Hazrati shoh Mashrab» nomlari ostida xalq orasida qo’lyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi no- ma’lum) shoirning hayot yo’li va ijodiy faoliyati ma’lum tartib va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik o’zgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli to’qimalar, yangi-yangi rivoyat, nakdlar, sarguzasht va latifa- Simon lavhalar b-n to’ldirila boril- gan. Natijada qissalarda tarixiy M. va uning ijtimoiy va ijodiy faoliya- ti xalqtasavvuridagi to’qima M. hamda u haqidagi sarguzasht — rivoyatlar b-n qorishib ketgan. Shunday bo’lsada, M. haqidagi qissalar shoir hayot yo’lini nisbatan to’la va bosqichma-bosqich bayon etuvchi, shuningdek, yaratgan asarlari- ning ko’pgina qismini o’zida jamlovchi adabiytarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi. M. otadan yosh etim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik o’tkazadi. M. din asoslari va falsafadan yaxshi xa- bardor bo’lgan Sufi Eshon Mulla bozor Oxund (Xo’ja Ubaydullo) qo’lida liniy ta’lim oladi, sufiy tariqatlar bo’yicha bilimini oshiradi, forsiy tilni o’rganadi. Taxm. 1665 y.larda Mulla bozor Oxund tavsiyasiga ko’ra, o’sha zamonda katta obro’ga ega bo’lgan yirik din ar- bobi qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon huzuriga boradi. Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvu- fiy yo’nalish ruhidagi she’rlarning ko’pchilik qismi Ofoq Xoja dar-gohida va uning targ’ibotsaboqlari ta’sirida yaratilgan. Ofoq Xoja shaxsiy xislat- fazilatlarini madh etuvchi, uni «piru rahbar» deb tan oluvchi baytmisralar mujassam bo’lgan g’azal va muxammaslar ham («Koshki», «o’zum» radifli g’azallar, «Qolmadi» radifli muxammas) shu mu- ridlik yillari mahsulidir. M. taxm. 1672-73 y.larda Ofoqxoja dargohini tark etadi. Qissalarda qayd etilishicha, bunga M.ning piri dargo- hidagi kanizaklarning biriga ko’ngil qo’ygani, sevib-sevilgani sabab bo’lgan. Ammo M.ning og’ir jismoniy jazo- lanib kuvilishi zaminida pir b-n mu- Rid o’rtasida jiddiy g’oyaviy ziddiyat- lar bo’lgan deyilsa, haqiqatga muvofiq bo’ladi. M. piri dargohidan ketgach, deyarli 40 yillik umrini doimiy safarda, tur- li o’lkalarda darbadarlikda o’tkazadi. Qo’nimsiz hayotga yuzlangan shoir, aso- san, ijodiy ish b-n shug’ullanadi. Oddiy xalqning qashshoq hayoti, zulmu sitam ostidagi ohu nolasi shoir qalbini lar- zaga soladi («dili tig’i sitamdin pora bo’lg’on xalqni ko’rdum»…). M. asarlarining aksariyati chuqur ijtimoiy yo’nalishga ega bo’lib, o’sha davr hayoti, jamiyatdagi voqea-hodisalar b-n chambarchas bog’liq. Xususan, u ba’- zi ruhoniylarning kirdikorlari va hiylagarliklarini fosh etadi, tekinxo’r mulkdorlar va johil amaldorlarning zo’ravonlik faoliyatlarini tanqid qiladi. M. ning bu tur asarlari qo’ldan qo’lga, og’izdan og’izga o’tib, tez tarqalgan. Xuddi shuning uchun ham M.ning bi- ror qishloq yoki shaharga kelishi iz- siz qolmagan, Odil kamba-g’al xalq uni quvonch-xursandchilik va qiziqish b-n qarshi olgan. Shoir qo’nimsiz hayotining so’nggi manzili Balxda ham hokim tabaqa va mutaassib Shayx-mullalar M.ni jis- man yo’qotish payiga tushadilar. Shu te- skarichi guruhlarning rasmiy fatvosi va Mahmudbiy qatag’onning hukmi b-n dorga osiladi. M. qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha ma’lum asarlarining o’zi ham M.ning favqulodda noyob iste’dod egasi ekanli- gidan dalolat beradi. M. ijodi she’ri- yatning yanada kengroq ijtimoiy mazmun va jangovar ruh kasb etishida, adabi- yotdagi xalqchillik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, lirik turlarning ta- komillashuvi hamda badiiy san’atning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi. M.ning mohiyatan inson qadri- sharafi va ma’naviy kamolotini ulug’lashga, ezgulik va go’zallikni madh etishga bag’ishlangan she’riy merosida g’azal, mustazod, murabba, muxammas, mu- saddas, musabba, masnaviy, ruboiy, ta’- rix kabi janr turlarida bitilgan etuk na-munalarni uchratamiz. Ammo M. avva- lo mohir g’azalnavis hamda ko’plab sho’x va jarangdor mustazodlar, o’ynoqi va Jozi- bador murabba hamda xalq g’amu hasratiga hamdardlik hissi b-n yo’g’rilgan muxam- maslar ijodkori sifatida keng dovrug’ chiqargan. M.ning juda ko’p g’azallari xalq qo’shiklaridek sodda va jarangdor, jo’shqin va ta’sirchandir. M. o’zbek adabiyoti tarixida eng ko’p mustazod yozgan ijodkorlardan biri. Shoir mustazodlari ham, xuddi g’azallari kabi, sho’x va jarangdor, nafis va zavqbaxshdir. Mumtoz she’riyatda murabba turi- ning uzil-kesil mustahkamlanishi va ta- komilida M. ijodining o’rni katta. M.ning romantik ko’tarinkilik ruhi ufurib turgan asarlarini adabiyot tari- xida murabba turida yaratilgan eng etuk namunalar jumlasiga kiritish mumkin. M.ning g’azal, mustazod va murabbalari- da ishq-muhabbat, vafosadoqat mavzui etakchi o’rinda tursa, muxammas va mu- saddaslarida chukur ijtimoiylik ustun- lik qiladi, taqdirning kemtikligi va hayotning nosozliklaridan, davr (charx, falak) va adolatsiz muhitning shaxs boshiga tinimsiz keltirayotgan jabru jafosidan shikoyat, ta’qibtazyiqidan norozilik dardli mieralarda, ammo qat’iy va keskin ifodalanadi. M. qoldirgan ijodiy merosda diniy va ta- savvufiy g’oyalar ham, o’sha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohangta’kidlari ham sezilar- li o’rin egallaydi. Shoir she’rlarida Allohning mavjudligi, boru birligi, barcha jonli va jonsiz mavjudotni yarat- ganligi uzil-kesil va qatiy tan olina- Di, Xudoning kuch-qudrati, taqdirning o’zgarmasligi va Mahshar kuni haqidagi ta’limot to’la-to’kis qabul qilinadi. M. fors tilida ham bir necha she’- riy turlarda etuk namunalarni yaratgan. M. ijodi keyingi asrlar adabiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Nodira, Huvaydo, Qoriy, Furqat, Hamza kabi sho- irlar uning g’azallariga taxmis va Nazi- ralar bog’lashgan. M. qoldirgan adabiy meros to’la aniqlanib, o’rganilgan emas. Ba’zi tadqiqotchilar juda ko’p she’riy hikoyat va g’azallarni o’zida jamlovchi «Mabdai nur» nomli yirik asarni shoirga nisbat beradilar. M. hayoti va ijodi haqida bir necha badiiy asarlar (roman, qissa, dostonlar va sahna asarlari) yaratilgan, shoirning asarlaridan namunalar qator xorijiy tillarga tarjima qilingan. Mamlaka- timizning turli shahar va viloyatlarida M. nomida istirohat bog’lari va kinote- atrlar, maktab va kutubxonalar, ko’chalar va jamoa xo’jaliklari bor. As: tanlangan asarlar. T., 1971; De- von, T., 1984; Mehribonim, qaydasan, T., 1990. Ad.: Muhsin Zokiriy, Boborahim Mashrab, T., 1966; Abdug’afurov A., Erk va ezgulik kuychilari, T., 1979. Abdurashid Abdug’afurov.