Massagetlar

Massagetlar (Yun. Massagetai) — Kaspiy dengizining Sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida mil. AV. 8— 4-a.larda yashagan ko’chmanchi va b. qabilalar guruhining yunon adabietla- rida uchraydigan umumlashma nomi. M. to’g’risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlar fikricha, «M.» nomi «masyo» — «baliq» so’zidan ke- lib chiqqan bo’lib, «baliqxo’rlar» ma’- nosini anglatgan. Boshqa bir fikrga ko’ra, «M.»atamasi «Mae», «saka» va «ta» so’zlaridan tarkib topib, «saklarning katta uyushmasi»ni bildirgan. Uchinchi bir taxminga ko’ra, «M.»so’zi «maza- getlar» — «ulug’getlar» degani bo’lib, M.ning o’zi esa qad. Xitoy manbalarida- gi «da(katta) yuechjilar» b-n aynan bir xalqdir. Bu fikrga S. P. Tolstoe ham qo’shilgan, u Sirdaryoning quyi oqimi bo’yidagi arxeologik yodgorliklarni M.ga mansub deb hisoblagan. S. P. Tol- stovning fikricha, M. konfederasiyasi tarkibiga xorasmiylar, apasiaklar, sa- karavaklar, sak-amyurgiylar, derbiklar, toxarlar (dahlar), osiylar (yatiylar, asianlar, usunlar, yaksartlar), otasiylar (augasiylar, augallar) kirgan. Gerodot- ning yozishiga ko’ra, M. — ko’chmanchilar. Ular piyoda va otda jang qiladilar, otlarining ko’kraklariga sovut kiy- dirganlar. Ko’proq kamon, nayza va sa- gariy (oy-bolta) kabi jang qurollari ishlatganlar. M.ning barcha jihoz va qurol-aslahalari mis va oltindan yasal- gan. Ro’zg’or buyumlarini esa bo’yoq b-n bo’yaganlar. M. malikasi To’maris b-n bo’lgan jangda Axomaniylar davlatinij asoschisi kir halok bo’lgan. Strabonitg ma’lumotiga ko’ra, M. Quyoshga topin- ganlar va unga atab otlarni qurbonlik qilganlar. Strabon ko’chmanchilar b-n bir qatorda Orol bo’yidagi botq-okliklar va orolchalarda yashab, terimchilik va baliq ovlash b-n mashg’ul bo’lgan qavmlarni, shuningdek, xorazmiylar va otasiylarni M.ga mansub deb bilgan. M. konfederasiyasi qad. Xorazm dav- latining asosiy harbiy kuchini tashkil qilgan. Bu, ayniqsa, O’rta Osiyoga Iskan- dar Makduniy bostirib kelgan davrda yaqqol namoyon bo’lgan. Ad.: Tolstoe S. P., Po sledam drev- nexorezmiyskoy tsivilizasii, M. — L., 1948.