MAS’UD G’AZNAVIY

MAS’UD G’AZNAVIY (? – 1041) -G’aznaviylar davlati hukmdori (1030 — 41). Maxmud G’aznavishshnt o’g’li. M.G’. davrida mamlakatda poraxo’rlik, g’ayriqo-nuniy soliqlar, aholini ta- lash avj olgan. Otasi siyosatini davom ettirgan M.G’. Qoraxoniylar davla- ti b-n yaxshi qo’shnichilik aloqalarini saqlab qolishga uringan. G’aznaviylarga nomigagina tobe bo’lgan Xorazm amalda mu-staqil edi. Oltingposh vafotidan so’ng Mas’ud Xorazmni uning vorislari qo’lida qoldirgan. Mas’ud Xorazmshoh un- vonini o’z o’g’liga bergan, Oltintoshning o’g’li Horunni noib unvoni b-n Xorazm xokimi etib tayinlagan. Birok Horun qoraxoniy Alitegin va sal-juqiylar b-n do’stona munosabatlar o’rnatib, 1034 y. Xorazmni mustaqil deb e’lon qilgan va G’aznaviylar sultoni nomini xutbada zikr etishni taqiqlab qo’ygan. 1035 y. bahorida Horun Xurosonga yurish qilgan. Aliteginning o’g’illari (Alitegin 1034 y. vafot etgan edi) Horunga ko’mak bo’lib, G’aznaviylar hududiga bostirib kirish- gan. Lekin yurishning boshidayoq Horun o’z g’ulomlari tomonidan o’ldirilgach (ular Mas’udga sotilganlar), Alitegin o’g’illari Samarqandga qaytishgan. Mas’- ud Qoraxoniylar b-n sulh tuzgan, natija- da Xorazm va Qoraxoniylar tomonidan bo’ladigan xavf-xatar diplomatik yo’l b-n hal qilingan. 1035 y. Mas’ud Xurosonga hujum qilgan saljuqiylarga qarshi chiqqan. U Nishopurdan Nisoga katta qo’shin jo’natgan. O’zaro sodir bo’lgan jangda dastlabiga G’aznaviylar g’alaba qilgan, biroq tunda Saljuqiylar ularning qarorgohiga hujum qilib g’aznaviylarga og’ir talafot etkazganlar. Saljuqiylar Xurosonning katta qismi, jumladan, ni- shopurni egallashgan. M.F. shundan so’ng ulkan qo’shin to’plab, yurishga shaxsan o’zi boshchilik qilgan. 1038 y. G’aznaviylar Saraxs yonida saljuqiylarni enggan- lar. Hal qiluvchi jang 1040 y. bahorida Dandanakon yaqinida bo’lgan (q. Danda- nakon jangi). O’rta Osiyo xalqlari ta- rixida eng qonli hisoblangan ushbu jangdan so’ng g’aznaviylarning Xuro- sondagi hukmronligi barham topgan. Saljuqiylar sardori To’g’rul o’zini Xu- roson hukmdori deb e’lon qilgan. M.G’. Hindistonga yurish qilib, u erda kuchli qo’shin to’plashga va shu qo’shin yordami- da saljuqiylarga qarshi turishga qaror qilgan. Bayhaqiyning ma’lumotiga ko’ra, Mas’ud Hindiston safaridan oldin Movarounnah-rdagi Qoraxoniylar xoni Arslonxonga xat yozib saljuqiylarga qarshi kurashda yordam so’ragan. So’ngra u hibsda saqlanayotgan ukasi Muhammadni ozod qilishga farmon bergan, Mas’ud Hindiston yurishiga ukasini ham olib ketmoqchi bo’lgan. Muhammad tarafdorla- ri fitna uyushtirib, Mas’udni qamoqqa olib, Muhammadni Sulton deb e’lon qilishgan. Mas’ud bir necha kundan so’ng qatl etilgan. M.G’. otasi kabi saroyida olimu Fu- zalolar, shoir va adiblarni to’plashga intilgan. Saroyda «Malik ush-shuaro» («Shoirlar shohi») Unsuriy boshchi- ligida shoirlar to’plangan. Tarixchi Bayhaqiyning «Tarixi Mas’udiy» asari M.G’.ning faoliyatini yoritishda qimmatli manba hisoblanadi. Ad.:A5u-l Fazl Beyxaki, Istoriya Mas’uda. 1030-1041, M., 1969; Ocherki po istorii gosudarstvennosti Uzbeki- Stana, T., 2001.