MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT — a’zolari jamiyat majbu- ri-yatlari bo’yicha faqat o’zlari qo’shgan ulush doirasida javobgar bo’ladigan ja- miyat. Ikkitadan kam bo’lmagan jismoniy yoki yuridik shaxslarning keli-shuviga ko’ra, umumiy xo’jalik faoli-yati b-n shug’ullanish maqsadida ularning ulush – larini qo’shish yo’li b-n tashkil eti- lishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat tarkibida yuridik shaxs bo’lgan ishtirokchilar o’z mustaqilligini va huquqiy shaxsligini saqlab qoladilar. Jamiyat mablag’lari qatnashuvchilarning ulushi hisobidan shakllantiriladi. Muomalaga aktsiyalar chiqarmaydi. Jamiyat a’zolariga pay guvohnomalari beriladi. Jamiyat a’zosi o’z ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi b-n o’tkazishi, sotishi mumkin. Bunday jamiyatlar turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi mas, AKD1 va Angli- yada — LTD, Germaniyada — A.G va Gmbh, Frantsiyada — SA va SARL va b.