MATBUOT

MATBUOT — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor ma’noda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi (sinonimi pressa). Matbuot ijtimoiy ongning o’tkir va ta’sirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta’sir ko’rsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli g’oyaviy omil hisoblanadi. Matbuot jamiyat hayotini turli (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va boshqalar) yo’nalishlarda yoritadi.