MATEMATIKA INSTITUTI
MATEMATIKA INSTITUTi, O’zbekiston FA V.I. Romanov- skiy nomidagi matematika institu- ti — O’zbekistonda matematikaga oid tadqiqotlar olib boradigan va ularni muvofiklashtiradigan i. t. markazi. 1943 y.da Toshkentda tashkil etilgan, 1954 y.dan uning asoschilaridan biri V. I. Romanovskiy nomi b-n atala boshladi. Dastlab matematika va mexanika in-ti deb nomlanib, mat., mexanika, nazariy geofizika, seysmologiya bo’yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan. 1964 y.da M. i.ning bo’limlari asosida Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti, Kiberneti- ka instituti, seysmologiya institute tashkil bo’ldi. Hozirgi kunda M. y.da algebra va analiz, differentsial ten- glamalar, ehtimollar nazariyasi, Mate- matik statistika, hisoblash mat.kasi, matematik fizikaning noklassik ten- glamalari, amaliy mat. bo’limlari bor. In-tda 60 dan ortiq ilmiy xodim fao- liyat ko’rsatadi. In-tda jahonga mashhur ehtimollar nazariyasi va matematik sta- tistika, xususiy Hosila differentsial tenglamalar, funktsional analiz ilmiy maktablari yaratilgan. Bu maktablarning tashkil bo’lishi va rivojlanishiga akad. V. I. Romanovskiy, T. A. Sarimsokov, S. H. Sirojiddi-Nov, I. S. Arjanix hissa qo’shgan bo’lsa, hoz. kunda akad. T. J. Jo’raev, M. S. Salohiddinov, Sh. A. Ayu- pov, T. A. Azlarov, Sh. Q. Farmonovlar ularning davomchi- lari. In-tda 40 dan ortiq fan D-ri, 300 dan ko’proq fan nomzodla- ri tay-yorlangan. In-t xodimlarining tadqiqotlari 75 monografiya, 130 ilmiy to’plamlarda, 10 dan ortiq darsliklarda, shuningdek, mamlakatimizdagi va xorij- dagi obro’li ilmiy jur.larda bosilgan ko’plab maqolalarida aksini topgan. Matematik olimlar ishlarini yori- tuvchi «O’zbek matematika jurnali» in-t tomonidan nashr qilinadi, maktab o’quvchilari uchun mo’ljallangan «fizi- ka, matematika va informatika» ilmiy- uslubiy jurnali in-t otaligida chop etiladi.