Materik etagi, kontinent etagi

Materik etagi, kontinent etagi — materiklarning suv ostidagi chekka qismining asosiy elementlaridan biri; materik yon bag’ri bilan okean qa’ri orasida joylashgan. Geologik tuzilishiga ko’ra, Yer po’stining okean tubidagi qismi bilan materik qismining qo’shilgan joyidagi qalin cho’kindilardan hosil bo’lgan bukilma. Geomorfologik jihatdan Materik etagi, ko’pincha, bir oz pastbaland qiya tekislikdir. Organik dunyosi materik yon bag’ridan ko’ra kamroq, okean qa’rining organik dunyosi miqsoriga deyarli teng keladi.