Materik muzligi

Materik muzligi – quruqlik yuzasidagi muzlik turlaridan biri. Yer yuzasini yaxlit muz qalqoni hosil qilib qoplab yotadi. Qalinligi bir necha kilometr (4 kilometrgacha), maydoni millionlab kilometrga yetadi. Asosan, qutbiy o’lkalarda tarqalgan (Antarktida, Grenlandiya oroli, Islandiya va boshqalar). Materik muzligi asta-sekin siljib borib, chekka qismi dengizlarga sinib tushadi va Aysberg (suzib yuruvchi muz tog’lari) hosil qiladi.