Materik orollari
Materik orollari – bir zamonlar materiklarning tarkibiy qismi bo`lib, keyinchalik quruqlikning chuqishi, tektonik yoriqlar natijasida ajralib qolgan quruqliklar. Bunday orollar zamini materiklarning suv ostidagi davomidir. Materik orollarining ba’zi birlari juda katta bo`ladi; Masalan, Grenlandiya, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Novaya Zemlya.