Materik yon bag’ri

Materik yon bag’ri – okean tubi- ning qirg’oqqa yaqin qismi, materikning suv ostidagi chekka qismlarining asosiy elementlaridan biri. Shelf b-n ma- terik etagi orasida joylashgan. Okean shelfi va qa’riga qaraganda yon bag’ri xiyla tikligi (o’rtacha 4°, ko’p hollarda 15-20° dan 40° gacha) va rel-efning parchalanganligi b-n farq qiladi. Seys- mik tadqiqotlar, dragalash va chuqur suv osti parmalashlari natijasida aniqlanishicha, M. yo. b. geologik tuzi- lishi jihatidan yon-atrof strukturala- rining bevosita davomidir. Suv osti denudasiya va akkumulyasiya jarayonlari ro’y berib turadi. M. yo. b. alevrit tar – kibli terrigen cho’kindilar, iliq den- gizlarda — karbonatli biogen gillar, Dunyo okeanining Antarktika yaqinidagi zonalarida — aysberg yotkiziklari va diatomli gillar b-n krplangan. Organik moddasi sermahsul bo’lganidan M. yo. b. alohida batial zona deb ajratiladi (q. Batial).