Mato

Mato — xalq badiiy hunarmandligida qadimdan qo’lda to’qib tayyorlangan to’qimachilik mahsuloti; gaz- Lama. O’rta Osiyo hududida ip (bo’z, Jan- da, olacha, susi, chit, kalami), ipak (atlas, Baxmal, zandonachi, shoyi) va nim-shoyi (beqasam, adras, parpasha) M.lar tayyor- lash qadimdan keng tarqalgan. Dastlab gulsiz (sidirg’a), keyinroq sodda gulli — hoshiyali, yo’l-yo’l va kataklar hosil qilib bezash yo’lga qo’yilgan; shuning- dek, abrbandi usulida bo’yab tayyorlan- gan, bosma qolipda gul bosish (ayniqsa, chitgarlikda) rivojlangan. O’zbekiston hududi (Buxoro, Marg’ilon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qo’qon, Xorazm va b.)da M. tayyorlash markazlari yuzaga kel- gan va rivojlangan. Xalq ustalari tomonidan hoz. kun- da an’anaviy usullarda tayyorlanayotgan M.lar (adras, atlas, beqasam, shoyi va b.) an’anaviy naqshi va sifati b-n diqqatga sazovor; respublika hududida va xorij- da ham ushbu M.larga talab katta.