Matyoqubova Sofiya O’runovna

Matyoqubova Sofiya O’runovna (1951.28.3, Urganch shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1994). Zaporoje pedagogika institutini tugatgan (1972). 1972 yildan Sherobod tumanidagi 1-maktabda ingliz tili o’qituvchisi. Matyoqubova o’z fanidan boshlang’ich sinflar uchun dastur ishlab chiqib, shu dastur asosida dars olib bormoqda.