Mavj

Mavj (to`lqin) – suv yuza qismining havo bosimining o`zgarishi, shamol, yer qimirlashi, suv qalqishi natijasida ro`y beradigan tebranma haarakati. Mavj suv yuzasida ketma-ket keladigan marza va ular orasidagi botiqlardan iborat. Mavjning eng past qismi mavj etagi, eng baland qismi mavj yo`li yoki qirrasi, eng baland qismi bilan eng past qismi orasidagi tik balandlik mavj balandligi, bir yo`li bilan ikkinchi yo`li yoki bir etagi bilan ikkinchi etagi orasidagi masofa mavj uzunligi deyiladi. Mavj ma’lum vaqt mobaynida (masalan, bir soniyada) o`tgan masofa mavj tezligi deyiladi. Mavj balandligi okeanlarda 15 m ga, dengiz zilzilasi vaqtida 50 m gacha yetishi mumkin. Mavj uzunligi 250 m gacha boradi.