Maxmudov Obidjon Abduxoliqovich

Maxmudov Obidjon Abduxoliqovich, Obid chatoq (1871, Marg’ilon — 1936.21.11) — Turkiston- dagi jadidchilik harakati vakili, yirik sarmoyador, noshir va jamoat arbobi. M. Qo’qonga ko’chib kelib, madrasa ta’li- mini oddi. Taxm. 1898 y.da Cheleken ya.o. (Kaspiy dengizi)ga borib, turli ishlar b-n mashg’ul bo’ldi. Sherikchilikka olgan eridan neft chikib, boyib ketadi. Sankt-Peterburg untining tog’- kon muhandisligi f-tini tugatgan. Qo’qonga qaytgach, tog’-kon sanoati b-n shu- g’ullanib, Farg’ona vodiysida bir necha neft konlarini ochishda ishtirok etgan. Sho’rsuvdagi oltingugurt konini sotib olgan. Fargona vodiysidagi jadidchilik harakatida qatnashgan va ularni moddiy jihatdan ta’minlab turgan. Qo’qonda bosmaxona tashkil qilgan (1914). «Sa- doi Farg’ona» (1914), «tirik so’z» (1917) va rus tilida chiqqan «Ferganskoe Exo» (1914) gaz.larining muharriri va noshi- ri. M. matbu-otda dolzarb maqolalar b-n chiqib, Turkiston xalqini ma’rifatli bo’lishga chaqirgan, uni ozodlik uchun ku- rashga da’vat etgan. Qo’qon sh. Dumasi raisi o’rinbosari (1917). Turkiston Muxtoriyati hukumatining oziq-ovqat vaziri (1917— 18). Muxtoriyat tugatilgach, Moskvaga borib, RSFSR Millatlar ishlari xalq komissarligi qoshidagi Turkiston va- kolatxonasida matbuot bo’limi mudiri va b. lavozimlarda ishlagan (1919-21). Toshkentga qaytgandan so’ng, dastlab Turkiston miq da ishlagan (1921), so’ng Farg’ona vodiysiga borib, «mil- liy Ittihod» tashkilotining bo’limini tuzgan va sovetlarga qarshi faoliyat olib borgan. Sovet rejimi tomonidan bir necha marta qamoqqa olingan. Og’ir xastaliqsan vafot etgan. Ad.: Unutilmas siymolar. Jadid- chilik harakatining namoyandalari, T., 1999; Rajabov Q., Haydarov M., Turki- ston tarixi (1917-1924 y.), T., 2002. Qahramon Rajabov.