Maydonsoy
Maydonsoy — Navoiy viloyatidagi soy (Xatirchi tumani). Nurota tizmasidagi Oqtogning Janubiy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 33 kilometr. Katta soyning chap irmog’i. Boshlanish qismida vodiysi tor, tog’oldi tekisligiga chiqqach, ancha kengayadi. Soyning bu qismida qayir va qayir usti birinchi va ikkinchi ko’hna qayir (terrasa)lari uchraydi. O’rtacha yillik suv sarfi 0,05 m’/sek. Bahor paytida soydan tez-tez sel kelib, suv sarfi 50 m/sekundga yetadi. Soy, asosan. yomgir, buloqlardan suv oladi.