Maymanaq qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Maymanaq qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Qashqadaryo oblastining Koson rayonida. Toponim arabcha maymana “o’ng tomon, o’ng qo’l” so’zi bilan aloqadordir. Tarixiy asarlarda qo’shinning o’ng tomoni maymana deb aytilgan. Ammo toponimni eron tillari asosida ham izohlash mumkin. Maymanaq ikki so’zdan, ya’ni man (yag’nobcha “qishloq”) va miyon (o’rta, o’rtadagi) shaklida, tuzilgan bo’lib, “o’rtadagi qishloq, o’rta ovul” degan ma’noni bildiradi. –ak-kichraytirish qo’shimchasidir. Maymana qirlari deb ataluvchi nom ham shu so’z bilan aloqador.

Fikr bildirish