Maysa chivini

Maysa chivini (Hylemyia cilicrura Rd.) — ikki qanotlilar turkumi chin pashshalar oilasiga mansub hasharot; q.x. ekinlari zararkunandasi. Tana- sining uz. 3-5 mm; qoramtir-qo’ng’ir. Kulrang qorni bo’ylab qora ingichka yo’l o’tgan (erkaklarida yaqqolroq ko’rinadi). Cho’zinchoq tuxumlari (0,9 mm) oq. Lichin- kasining (7 mm cha) orqa qismi yo’g’onroq, mayda tishchali jag’i qora, baquvvat. Sox- ta pillasi cho’ziq-ovalsimon (4-5 mm), jigarrang. Evropa, Shim. Amerika, Si- bir, O’rta Osiyo, Qozog’iston va b. mamla- katlarda tarqalgan. G’o’za, makkajo’xori, kungaboqar, g’alladoshlar va b.ga zarar keltiradi. O’rta mintaqalarda bir yilda 2-3, Jan.da esa 3-4 avlod beradi. Ur- gochisi tuxumini (1-4) tuproq yuzasi va yorikdariga tarqoq qo’yadi. 2-10 kunda lichinkalar chiqib, 3-5 sm chuqurlikda yashaydi va makkajo’xori, sabzavot va b. ekinlarning maysasi, turli chirindilar, ba’zan bo’rtgan urug’, jumladan, chigit b-n oziqlanadi. Kurash choralari: tuzoq chuqurlardan foydalanish mumkin. Buning uchun dala atrofida 5-6 ta to’rtburchak chuqur kav- lab, unga insektisidlar b-n zaharlangan va tuproq aralashtirilgan 10-15 kg kunjara solinadi. Alovuddin Hamraev.