Maysur
Maysur — Jan. Hindistonda joylashgan tarixiy viloyat. Mil. 3-11- a. larda M. qududida gangalar sulola- si hukmronlik qilgan. Ular o’zlaridan ko’ra ancha kuchli imperiyalar — G’arbiy Chaluk’ya, Rashtrakut, chola sulolalari- ga tobe bo’lishgan. 12-14-a. o’rtalarida M.ning deyarli barcha xududlari Xoy- sallar davlatiga, keyinchalik 16-a. oxi- rigacha Vijayanagar davlatiga qo’shib olingan. 1399 y.da Vijayanagarga vassal bo’lgan M. knyazligi tashkil topgan. 1610 y.da M. mustaqillikka erishgan (Vodeyar sulolasi boshchiligida). Taxm. 1761 y.da knyazlikdagi hokimiyat Haydar Alining qo’liga o’tgan. U Markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, jumla- dan, kuchli armiyani vujudga keltirgan va muvaffaqiyatli urushlar natijasida kannara xalqiga mansub aholini tash- kil qilgan butun hududni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan. Uning o’g’li Tipu Sulton (1782-99 y.larda hukmronlik qilgan) davrida M. Jan. Xindistonda- gi eng kuchli davlatga aylangan va Ma- Labar, Andxra va Tamilnad davlatla- riga qarashli erlarning bir qismini bosib olgan. 18-a.ning 2-yarmida 4-in- gliz — M. urushlari natijasida M.ning hududi kichraygan. 19-a.da ingliz mu- stamlakachilari yangi ta’lim va yozuv- ni joriy etganlar. Sekin-asta shahar aholisining o’rtahol qatlami shakllana borgan. M.ning ijtimoiy-iqgisodiy va madaniy rivojlanishiga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirilgan. Hindiston mustaqillikka erishgan- dan keyin 1947 y. M. respublikaning shtatlaridan biriga aylangan. 1973 y.da ushbu shtatning nomi Karnataka deb o’zgartirilgan.