Mazachcho

Mazachcho (Masaccio), asli Tommazo Di Jovanni Di Simone Kassai (Gvidi) (1401. 21.12, Toskana — 1428 yilning kuzi, Rim) — italyan rassomi, florentsiya maktabining yirik namoyandasi. Mazachcho ijodida gotika an’analarini qat’iy yengib, diniy lavhalarda inson shaxsi haqidagi insonparvarlik tushunchalarini aks ettirgan. 1422 yildan Florentsiyada yashagan, Piza va Rimda ham ishlagan. Ilk asarlari («Madonna avliyo Anna bilan», taxminan 1424; Pizadagi Santa-Mariya del Karmine cherkovi uchun poliptix, 1426 va boshqalar)dayoq xarakatchan nursoya, umumlashma shaklning mahobatliligiga intilishi, shaklning uch o’lchamliligini o’ta his qilishi bilan diqqatga sazovor (Florentsiyadagi Santa-Mariya del Karmine cherkovidagi kapella bezaklari, 1425-28 va boshqalar). Mazachcho ilk bor devoriy rassomlikda kompozitsiyaga alohida ulug’vorlik va mutanosiblik baxsh etuvchi yangi tuzilma yaratdi («troisa», 1425-27, Florentsiyadagi Santa-Mariya novella cherkovi va boshqalar). Mazachcho san’ati Uyg’onish davri badiiy madaniyati (jumladan, Pero della Francheska, Mikelanjelo va boshqlar)ga sezilarli ta’sir ko’rsatgan.