Ko’plar mazaxchini boshqa qushlar sayrog’i va qichqirig’ini qoyilmaqom bajarishini e’tiborga olib, uni boshqa narsaga yaroqsiz, deb hisoblaydilar. Bu qushning taqlidchilik qobiliyati aqlni tong qoldiradi. Kuzatuvchilardan birining aytishicha, 10 daqiqa mobaynida mazaxchi 32 qushning sayrog’ini o’xshatgan ekan! Mazaxchi boshqa qushlar sayrog’ini takomillashtirish barobarida unga o’zining jarangli ovozini jo’r qila olar ekan. Bilasizmi, mazaxchi ba’zi paytlarda fermalar yonidan tarqaladigan ovozlar: tovuqlar qulashi, itlar hurishi, aravaning g’ichirlash yoki pochtachining xushtagiga ham tahlid qiladi? Bularning hammasi bu aqlli qushning boshqalarnikidan ajralib turadigan ovozi yo’q ekan-da, degan xulosani bermaydi. AQShning janubida ko’p uchraydigan bu qush navosi quloqqa naqadar yoqimli eshitiladi. Gohida qish paytlari ham sayraydi. Taxminan mart oylarining boshlarida u kunduz kunlari, oy chiqqan tunlarda ham tez-tez sayrab turadi. U o’z sayrog’idan mag’rurlanayotgandek tuyuladi. Ko’pincha bir qush hammasidan oshirib kuylayotganday taassurot uyg’otadi! Mazaxchining odamlar mehrini oshirayotgani bitta bu emas. Qush tabiatan shinavanda va ishonuvchan, u odamning yonida yashagisi kelayotganday tuyuladi. Ba’zan mazaxchi o’z uyasini daraxtzorda yoki uyga eltuvchi yo’lak chetida o’sgan o’simliklarga quradi. Boshqa hollarda u uyasini devor burchagida, shoxchalar, daraxtlar orasiga yoki o’ziga tanish joylarga quradi. Uya iplardan, lattalardan, po’stlardan, patlardan, bir so’z bilan aytganda duch kelgan narsadan tiklanadi. U mustahkam va ichiga to’shak yotqizilgan holda quriladi. Tuxumlardan polaponlar unib chiqqanda, mazaxchi ularning muhofazasi uchun jonini jabborga berishga tayyor turadi. U o’zidan ikki baravar katta keladigan qushlaru mushuklarga, it va hatto odamlarga ham hujum qilishi mumkin. Bu jonivor o’z oilasi va uyasi uchun jonini qurbon qiladiganlar toifasidan. Mazaxchi janubda yashagani bilan ba’zi paytlarda shimolga, men shtati hududlariga qadar netib boradi. Yozda esa uni butun Meksika qo’ltig’i bo’ylab uchratasiz.

AMIR TEMUR O’G’LINING O’LIMI HAQIDA RIVOYAT-QISSA

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi
