Mazdaiylik

Mazdaiylik, mazdaizm (Ahuramazda nomidan) — qadimgi Eron (miloddan avvalgi 9-6-asrlardagi Midiya, 6-4-asrlardagi Axomaniylar davlati) dini. Mohiyatan zardushtiylik dini evolyutsiyasi jarayonidagi bosqichlardan biri. Avesto ilohiy kitob hisoblangan. Unda yaxshilik timsoli Ahuramazda va yovuzlik xudosi Anxramaynuga e’tiqod qilingan. Mazdaiylikning zardushtiylikdan farqi shundaki, unda Zardusht faqat Ahuramazda bilan shoh o’rtasidagi vositachi deb e’tirof etilgan va u ortiq darajada ilohiylashtirilmagan.