Mazdak ibn Hamdodon
Mazdak ibn Hamdodon (470-529) mazdakiylik ta’limotining asoschisi, mazdakiylar harakatining rahbari. Mazdak Eron shohi Qubod I (488-531) hukmronligi davrida zardushtiylik otashgohlarining birida koqin, keyinchalik Eron bosh kohini bo’lgan. Mazdak ta’limotining asosida tenglik g’oyasi yotadi. Uning fikricha, dunyoning barcha boyliklari olamlarga teng taqsimlanishi lozim. Buni zo’rlik yo’li bilan amalga oshirishni yoqlagan. Kohinlar va amaldorlarning iqtisodiy, siyosiy hukmronligi barbod bo’lgandan keyin Kubod I Mazdak bilan aloqani uzdi. Mazdak zardusht kohinlari va zodagonlarga qarshi dehqon va hunarmandlar qo’zgoloniga rahbarlik qildi. 529 yil qo’zg’olon bostirilgach, Mazdak qatl etildi.