Maziniy al-Maziniy
Maziniy al-Maziniy , Ibroqim Abdul Qodir (1890, Qohira — 1947) — Arab yozuvchisi va tadqiqotchisi. «Misr modernistlari» maktabi vakillaridan. Ilk she’rlari P. B. Shelli va J. Bayron ijodi ta’sirida yozilgan. Yumoristik ocherk va hikoyalari («olam sandig’i», 1929; «o’rgimchak uyasi», 1935; «Yo’lda», 1937)da ayrim Misr ziyolilarining mutaassibligidan, Yevropa madaniyatiga yuzaki taqlid qilishlaridan kuladi. Maziniyning «Ibrohim — jurnalist» (1931), «uch zrkak va bir ayol». «Ibroqim II» (1943) kabi romanlarida shaxsning «mutlaq erkinligi» g’oyalari ilgari surilgan. U adabiy va tanqidiy maqolalari («Hofiz Ibrohim she’riyati». 1914; «she’riyat, uning maqsadi va vositalari», 1915; «shamolning kuchayishi», 1928; «quruq o’rim», 1925)da she’riyatdagi an’anaviylikka qarshi chiqadi.