Me’da, oshqozon
Me’da, oshqozon — ovqat hazm qilish sistemasining kengaygan qismi (q. Ovqat hazm tsilish sistemasi). M.da ovqat saqlanadi, maydalanadi va qisman hazm bo’ladi (q. Ovqat hazm kilish). M. ichakning oldingi ixtisoslashgan qismi sifatida birinchi marta ayrim bo’shliqichlilar, yassi chuvalchanglar va xalqali chuvalchanglarda paydo bo’ladi (q. Ichak). Umurtqali hayvonlarda M. ichakning oldingi kengaygan qismi hisoblanadi. Biroq yumaloqog’izlilarda va ayrim baliqlap»^ M. ixtisoslashma- gan, ko’pchilik baliqlarda qizilo’ngach va ichakdan aniq ajralmagan. Suvda va quruklikda yashovchilarda M. hazm qilish sistemasining boshqa qismlaridan aniq ajralgan. Qushlar M.si mustaqil bezli va muskulli bo’limdan iborat. Sut Emi- zuvchilar M.si murakkab tuzilgan bo’lib, kirish va chiqish qismi hamda M. tubi va tanasidan tashkil topgan. Ko’pchilik kavshovchi sut emizuvchilar M.si 4 bo’lma: katta qorin, to’rqorin, qatqorin va shir- dondan iborat. Ayrim kitlar M.si 5 va 6 bo’lmali bo’ladi. Bezli qavatning tuzi- lishiga ko’ra, bezli yoki ichak ti-pidagi (odam, Mushuklar, itlar), qizilo’ngach (exidna, o’rdakburun) hamda aralash, ya’ni qizilo’ngach-ichak (otlar, cho’chqalarda) ti- pidagi M. farq qilinadi. Ko’pchilik sut emizuvchilarda M. bezlari ixtisoslash- gan bo’ladi. Odamda M. qorin bo’shlig’ida joy- lashgan bo’lib, shakli loviyaga o’xshaydi. Uning ko’proq qismi chap tomondagi qovurg’a osti sohasida, ozroq qismi esa qorin bo’shlig’i tepa bo’lagining o’rtasida turadi. M. tanasining yuqori qismi (tubi) kengaygan va diafragma- ga qaragan. M.dan chiqish qism (pilo- rus) qorinning o’rta chizig’i orqasidan o’ngga o’tadi. M.ning kirish qismi qizilo’ngachdan boshlansa, chiqish qismi 12 barmoq ichakka qo’shiladi. Ovqat b-n o’rtacha to’lgan M. yuqoridan jigarning pastki yuzasiga va diafragmaga; past- dan ko’ndalangchambar ichak va uning tutqichiga tegib turadi. M.ning botiq chekkasi (kichik qiyshaymasi) o’ngga va yuqoriga, qavariq chekkasi (katta qiy- shaymasi) chapga va pastga qaragan. M.dan chapda — taloq, pastda va orqada — me’- da osti bezi bor. M. hamma tomondan qorin pardasi b-n o’ralgan. M. sig’imi har kimda har xil: yangi tug’ilgan bolada 20-30 ml, o’rta yoshdagi odamlarda 1-3 l; erkaklar me’dasi ayollarnikiga nisba- tan kattaroq bo’ladi. M. devori shilliq, shilliq parda osti, muskul va seroz qavatdan iborat. M. tashqaridan seroz parda b-n qoplangan. Uning ostidagi muskul qavati bo’ylama (tashqi), ko’ndalang va qiyshiq yo’nalgan tolalardan tuzilgan. Shilliq parda osti qavati M.ning muskul qavatini shilliq pardaga bog’laydi. Bu qavat qon tomir va nervlarga boy. M.ning ichki yuzasi shilliq parda b-n qoplangan, bu parda- ning burmalari ostida juda ko’p bezlar bor. M.ga kirish qism (kardia) va tubdagi bezlardan shilimshiq, pilorus bezlari- dan esa fermentlar ishlanib chiqadi. M. b-n 12 barmoq ichak chegarasida pylorus si-quvchisi (sfinkteri) bor, u bir necha qavat tsirkulyar muskullardan tuzilgan bo’lib, me’daning vaqti-vaqti b-n bo’shab turishini ta’minlaydi. M. silliq mu- skullarining qisqarishi natijasida M.da tonik peristaltik xarakatlar bo’ladi. M.ga tushgan ovqat mikdoriga qarab tonik qisqarish uzluksiz uzok, da- vom etadi. Peristaltik— to’lqinsimon harakatlar M.ning kardia qismidan pilorus qismiga tomon bo’ladi, bu harakatlar ovqatni aralashtiradi va ichakka o’tkazib beradi. Bo’sh M. qisqargan holda turadi; och qoringa ichilgan suv M.da to’xtamay ichakka o’tadi. M.ning ki- rish qismidan tushgan ovqat M. devorla- rini kengaytiradi va peristaltikasi tufayli asta-sekin pastga tomon suri- ladi. M. ovqatni aralashtiradi, hazmga moslaydi, kimyoviy o’zgartiradi va ichak- ka o’tkazib beradi (evakuasiya). M. shira- sidagi xlorid kislota ta’sirida ovqat bo’kib, gidroliz qiluvchi fermen-tlar ta’sir etishi uchun qulay muhit vujudga keladi. M.ning tubi va tanasida joy- lashgan naysimon bezlar xlorid kislota, qolgan bezlar esa pepsin va shilliq Su- yukligini ajratadi, bularning chiqishi ovqat sifati va miqdoriga bog’liq bo’lib, uni nerv sistemasi va gumoral omillar boshqaradi. Birinchi (shartli refleks) fazasida ovqatni ko’rish, hidining bu- runga kirishi, eyish, og’iz va halqum re- tseptorlarining ta’sirlanishi vujudga keladi. Ikkinchi (neyrogumoral) fazada ovqatning M. shilliq pardasiga bevo- Sita ta’siri shira chiqartiradi. Uchin- chi (ichak) fazada 12 barmoq ichak resep- torlarining qitiqlanishidan vujudga keladigan reflektor ta’sir va ichakdan qonga so’riladigan oziq moddalar ta’si- ri M.dan shira chiqishiga olib keladi. Ovqat M.da 3 soatdan 8— 10 soatgacha turishi mumkin. Shu vaqt ichida ovqat me’da shirasi b-n to’la shi- miladi va asta-sekin oz-ozdan 12 barmoq ichakka o’tadi. M. kasalliklari- dan gastrit, yara kasalligi va o’smalar kuzatiladi. Nosir Ahmedov.