Me’dani yuvish

Me’dani yuvish — turli mod- dalardan zaharlanganda, sifatsiz ovqat eb qo’yganda, shu moddalar yoki ovqat qoldiklarini me’dadan chiqarib tash- lash maqsadida qo’llanilgan muolaja. Bemorning ahvoliga qarab u o’tirgan yoki yotgan holatida qilinadi. Me’da zond b-n yoki oddiy usulda yuviladi. Zond orqali yuvganda 600-800 ml iliq suvga 2% li natriy gidrokarbonat yoki kaliy permanganat eritmasi qo’shib me’da- ga yuboriladi va qayta so’rib olinadi. Me’daga yuboriladigan suv toza bo’lib qaytib tushmagunicha M. yu. takrorlana- veradi. Buning uchun 8-10 l cha suyuqlik ishlatiladi. Muolajani tibbiyot Xodi- mi bajaradi. Uy sharoitida (hayot uchun xavfli zaharlanish hollari ro’y berga- nida, vrach etib kelgunga qadar) yoki zond b-n yuvish mumkin bo’lmaganda oddiy usul qo’llanadi. Buning uchun bemorga ketma-ket 5-6 stakan iliq suv ichirib qustiriladi. Bu oddiy usulni bir necha marta takrorlash lozim. Me’da yuvib bo’lingach, bemor issiq o’ringa yotqizilib, orom beriladi; og’zini chayganidan so’ng 1-2 qultum issiq choy ichiriladi.