Medelin
Medelin —Kolumbiyaning shim.- g’arbiy qismidagi shahar, Markaziy Kordilera tog’lari orasidagi vodiyda. Antokiya departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 1,6 mln. kishidan ziyod (1990-y.lar oxiri). Panamerika shosse- sidagi muhim transport tuguni. Aero- porti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat- ning yirik iqtisodiy va madaniy Mar- kazi. Konchilik (oltin, kumush, platina, ko’mir) va to’qimachilik (tarmoqning 4/5 qismi) sano-atlari rivojlangan. Qora metallurgiya, kimyo, ko’n-poyabzal, oziq-ovqat sano-ati korxonalari mav- jud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Kofe savdosi markazlari- dan. Un-t bor. Shaharga 1675 y.da asos solingan.