MEGALITIK INSHOOTLAR
MEGALITIK INSHOOTLAR (Mega… va Yun. lithos — tosh) — mil. AV. 3-2 ming yillikka mansub diniy in- sho-otlar. Tarashlangan va yarim tarash- langan katta toshlardan ishlangan. M.i., asosan, eneolit davri (mil. AV. 3ming yillik)da paydo bulgan. Unga dilit, trilit, dolmenlar, yopik, yulak, yulak- li maqbaralar, tosh kugilar, mengirlar, kromlex va tosh xiyobonlar, shuning- dek, yolg’iz tosh bulaklari va toshtax- talar terib ishlangan katta isteh-kom va uy qoyalarni uyib, kesib ishlangan maqbaralar kiradi. Ular juda kup mam- lakatlarda Skandinaviyadan Jazoirga- cha, Portugaliyadan Xitoygacha, Koreya va Hindiston, shuningdek, Frantsiya, bel- giya, ayniqsa, shim. Kavkaz, Shvesiya, Angliya, Shotlandiya, Gresiya, u rta er dengizi qirg’oklari, Tunis, Misrda keng tarqalgan. O’zbekistonda M.i. Jizzax yaqinidagi Qulfsar qabristonida topil- gan. Qabr va mozor ustiga qo’yilgan M.i., asosan, marhumlarni abadiy, mustahkam «maskan» b-n ta’minlash maqsadida barpo etilgan. M.i. qurish jez asrida eng kjsak darajaga ko’tarilgan. Yaponiya va Indoneziyada temir davrining bosh- larigacha davom etgan. Hindistonning Munda xalqlari guruhida M.i. qurish hamon saqlanib kelmoqda. M.i.ning ustiga yotqizilgan toshtaxtalarning og’irligi 40 t, tosh bo’laklari 300 t gacha bo’lganidan ibtidoiy sharoitda ularni barpo etish mushkul ish edi. Buning uchun richag va valiklarni qo’llashdan tashqari ko’p sonli qabila, urug’va jamoalarning birlikdagi harakatlari talab etilgan. Uning ko’rinishidagi texnik masala na faqat ma’lum ko’rinishidagi echimini, balki quruvchilar ma’lum estetik mu- jassamlashuvida marom, nisbat, masshtab va shakllar muhitini his qilganligidan guvoxlik beradi.