MEGHALAYA
MEGHALAYA — Hindistonning shim. -Sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 22,4 ming km2. Aholisi 2,3 mln. Kishi (2001); asosan, kxasi, garo va ingliz ti- lida so’zlashadi. Ma’muriy markazi — Shillong sh. M. 1970 y.da Assom shtati hududining bir qismidan Muxtor shtat sifatida tu- zilgan. 1972 y. yanv.dan Hindistonning teng huqukli shtati. Relefi sertepa tekislik va past tog’lik. Eng baland joyi 1961 m. Ikli- mi tropik, mussonli iqlim. Yozi seryog’in. Yillik yog’in ba’zi joylarda 10000 mm dan ham ko’p. Tropik o’rmonlar va buta- zorlar bor. M., asosan, agrar shtat. Aholisining 80% q.x.da band. Asosiy oziq-ovqat ekini vodiylarda sholi, qirlarda makkajo’xori va tariq, shuningdek, jut, paxta, tamaki ekiladi. Chetga chiqarish uchun kartosh- ka, tsitrus mevalar etishtiriladi. Ipak qurti boqiladi. Asalarichilik, o’rmon xo’jaligi rivojlangan. Hududining 70% o’rmon b-n qoplangan. Sal, qarag’ay, tik, qayin va b. daraxtlar hamda do- rivor o’simliklar ham o’sadi. Foydali qazilmalardan ko’mir, ohaktosh, korund, oq gil konlari topilgan. Yog’ochsozlik, tsement, oziq-ovqat, q.x. mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar mavjud. Shil- Long sh. yaqinida aeroport bor. Turistlar ko’p keladi.