MEHNAT BILAN DAVOLASH
MEHNAT BILAN DAVOLASH – mehnatdan shifobaxsh omil sifatida foydalanish. Bemorning ruhiyatiga ta’- sir etish usullaridan biri (ayniqsa, ru-hiy kasalxonalarda). Organizm to- nusini oshirish, moddalar almashinuvi jarayonini normallashtirish vositasi bo’lib, tybbyyotning turli sohalarida shifobaxsh fizkultura va sport b-n bir qatorda tatbiq etiladi. Davolash muassa- salarida bemor uzoq yotganda (mas, suyak va o’pka sili, poliomielit oqibatlari) M. b-n D. keng qo’llaniladi. Sh. A. Alimov O’zbekistonda M. b-n D.ni ilgari surdi. Shu bois res-publikamizda M. b-n D. sa – natoriysi va dispanserlari ochildi. Ruhiy bemorlarni M. b-n D.da ular mehnat qilish qobiliyatini qay dara- jada yo’qotganligiga, sog’lom vaqtida bajargan kasbiga e’tibor beriladi. Bunda dastlabki kunlar jo’n ishlar (qog’oz yopishtirish va qutichalar yasash) qildiriladi, mehnat qilish qobiliyati tiklana borgan sari bemorni fikrlashga majbur etuvchi mehnatga (bichishtikish, chizmachilik va h. k.) o’tkaziladi. Kasal- likning og’ir-engilligi, kechishiga qarab deyarli hamma ruhiy bemorlar mehnat b-n davolanadi. Travmatologiya, ortope- diya va nevrologiyada harakat faoliyatini tiklash uchun shifobaxsh gimnastika b-n birga M. b-n ham qo’llanadi.