MEHNAT TAQSIMOTI

MEHNAT TAQSIMOTI – ijtimoiy mehnatning mustaqil vazifalarini bajaruvchi mehnat turlariga ajralish jarayonidan iborat. Mehnat taqsimoti yuz berganda, bir mehnat turidan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchisi va hokazolar ajralib chiqadi va bu jarayon uzluksiz davom etaveradi.