Mehnat taqsimoti

Mehnat taqsimoti – jamiyat taraqqiyoti jarayonida mehnat faoliyatinnng sifat jihatdan farq qilishi. Jamiyat miqyosida va korxona ichida mehnat taqsimoti mavjud bo`ladi. Masalan, ishlab chiqarish yirik tarmoqlarga (sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va boshqalar) bo`linadi; bu tarmoqlar, o`z navbatida, yana mayda tarmoqlarga (masalan, sanoat o`g`ir sanoat, yengil sanoatga) bo`linadi va h.k. Bir mamlakat doirasida va mamlakatlar o`rtasida ishlab chiqarishning ixtisoslashishi ham mehnat taqsimoti deyiladi, masalan, hududiy mehnat taqsimoti va xalqaro mehnat taqsimoti.