Mehrjon, Mehrgon

Mehrjon, Mehrgon — kuzgi teng kunlikda kuz bayrami sifatida o’tkazilgan bayram. Mil. AV. 1 ming yil- lik boshida bunday kuzgi bayramlar tur- li joylarda, mas, Eronda va b. joylarda M., ko’hna Xorazmda — Chiriruj, sug’-dda esa Nimsarda nomi b-n mashhur bo’lgan. O’rta aerlarda Mehrgon (M.) muhim bay- ramlardan biri sifatida nishonlanib kelingan. Ba’zi mamlakatlarda Mehrgon davlatning rasmiy bayrami sifatida o’tkazilgan. Shu maqsadda davlat xazi- nasidan mablag’ajratilgan, sovg’alar tarqatilgan, yurtga osh berilgan, sayil- lar, musobakalar, tomoshalar uyushtiril- gan. M. qad. dehqonchilik madaniyati b-n bog’liq bayramdir. Musulmon ulamolari bu bayramni zardushtiylikka daxldor udumlar deb, o’tkazilishiga qarshilik ko’rsatishgan. Shu boisdan bo’lsa kerak, M. bayramini nishonlash asta-sekin to’xtagan. 20-a.ning 90-y.larqsan M. dastlab Tojikistonda, so’ng O’zbekistonda qayta nishonlana boshlandi. Usmon Qoraboev.