MEKSIKA QO’LTIG’I NEFT- GAZLI HAVZASI

MEKSIKA QO’LTIG’I NEFT- GAZLI HAVZASI — Meksika qo’ltig’i AK-vatoriyasi va AQSh, Meksika, Kuba, Gvatemala va Belizning qo’ltiqqa yondosh hududlarini egallaydi. Mayd. 2,5 mln. km2, shu jumladan, akvatoriyada 1,1 mln. km2. Neft va kondensatning dastlabki sanoat zaxirasi (1985) 18,3 mlrd.t, gaz za- xirasi 14,6 trln. m3, shundan tegishlicha AQShda 8,6 mlrd. t va 11,6 trln. m3, Mek- sikada 9,7 mlrd. t va 2,8 trln, m3, Gvate- malada 7 mln.t. Havzaning dastlabki kon- lari materik qismida 1896 y.da (AQSh), dengizda (shelf) 1938 y.da (AQSh) Ochil- gan. Asosiy yirik konlar havzaning AQSh ga qarashli qismida 1930-y.larda aniqlangan, Meksika qismida 1970-y. larda topildi. Hammasi bo’lib, 5000 dan ortiq neft va 4000 dan ortiq gaz va gaz- kondensat konlari aniqlangan (ularning 95% AQSh xududida). Havza Meksika qo’ltig’i va uning pe- riferik materik qismi (Galf-kost) dan tashkil topgan Atlantika oldi epi- gersin platformasining Jan. kismet yondashgan. Havza maksimal kalinligi 15 km dan iborat bo’lgan mezokay-nozoy yoshidagi cho’kindi jinslardan tuzilgan. Neftgazlilik cho’kindili g’ilofning butun kesimi b-n bog’liq. Havzaning tashqi (akvatorial) qismi yo’nalishi bo’yicha mahsuldor qatlamlarning yuqori yuradan pleystosengacha yosharishi va uglevodorod jamlanishi chuqurligi bir necha o’n m dan 7000 m gacha kuzatilgan. Tutqich turlari: lokal ko’tarilmalarda qatlamli gumbazli; riflarda massivlik; monoklinallarda tektonik ekranlashgan; kollektorlarning qiyiqlanish qismida litologik va stratigrafik ekranlashgan. Evgeosinklinal kompleksining (Kuba- da) serpentinit va tuf-qumtoshli va b. jinslarida katta bo’lmagan neft uyum- lari ma’lum. Qirg’oqdan eng uzoq kon Luiziana shtati qirg’og’idan 240 km narida. Tashqi zona neftlari engil, oltingugurti kam. Tuzli gumbazlar keproki b-n bog’liq bo’lgan konlardagi neftlarda oltingu- gurt miqsori ortib boradi. Havzaning ichki qismida neft o’rtacha zichlikka ega, ba’zan yuqori oltingu-gurtli (3%gacha), metannaftenli tarkibda. Gazlar tarki- bida ozroq mikdorda SN4 ning og’ir kom- ponentlaridan iborat metan va yuqori miqsorda gaz kondensata bor. 1985 y.da 287 mln. t atrofida neft (AQShda 132 mln. t, Meksikada 154 mln. t, Kubada 0,87 mln. t, Gvatemalada 0,25 mln. t) qazib olindi. Kazib olishning asosiy markaz- lari: AQShning Luiziana va Texas shtat- lari va Meksikaning Kampeche qo’ltig’i b-n reforma r-ni. Yillik gaz qazib olish (1986) 300 mlrd. m3 atrofida, shu jumladan, Meksikada 40 mlrd.m3. Havza hududida keng tarmoqli neft, gaz va mahsulot tashuvchi quvurlar, 75 ta neftni qayta ishlash (AKIII da 65 ta, Meksikada 7 ta) va 400 dan ortiq gazni qayta ishlash z-dlari (AQSh da 375 ta, Meksikada 13 ta) mavjud.