Melanj gazlama
Melanj gazlama — har xil rangga bo’yalgan tolalar (paxta, jun, kim-yoviy va sun’iy tolalar) aralash- masidan yigiriladigan bir ipli yoki pishitilgan kalava ip (melanj ip) dan to’qiladigan rangdor gazlama. Keng tarqalgan xillari: triko, sheviot, drap, diagonal, koverkot, movut. Jun tolala- ridan to’qilgan M. g. nomiga «melanj» so’zi qo’shiladi, mas, mo-vut-melanj, drap-melanj va h. k. Oddiy rangdor yoki bo’yalgan gazlamalardan M.g. uziga xos rang jilolari («uyinlari») b-n farkla- nadi. Paxta tolalaridan to’qilgan M. g. ni pardozlashdan oqartirish (ohorlash) jarayoni bajarilmaydi, chunki bunda tolalarning ranglari aynishi mumkin. Unga faqat mexanik ishlov berish (uzun tuklarini qirqish, tarab tuk chiqarish) va maxsus moddalar (kraxmal, elim, sin- tetik smola va b.) shimdirish (qattiqlik, g’ijimlanmaslik, kirishmaslik xossala- rini berish uchun) mumkin.