MELANOSITLAR

MELANOSITLAR (MELANO… va Yun. cytus — bu erda hujayra) — odam va umurtqali hayvonlarning pigment hujayralari, melaninni sintez qiladi (q. Melaninlar). M. 2 xil bo’ladi: 1) er- kin M. (teri, tukli follikulalar, miya pardalari, ko’zning tomirli pardasi va h.k.) — nerv bolishlaridan paydo bo’lib, nerv naychalari yopilgan davrda rangeiz, harakatchan hujayralar — melanoblast- lar holida gavdaning turli qismlariga tarqaladi; 2) epitelial M. (ko’z tsiliar burmalari, rangdor va to’r pardasining pigmentli epiteliysi) — ko’zning bir- lamchi boshlang’ich hujayralaridan Vu – judga keladi. Albinoslarda M. Range- iz; ularda faol tirozinazalar yo’kligi uchun melaninlar sintezlanmaydi.